Taklifnomangiz ham toʻy, tugʻilgan kun va boshqa tadbirlaringizdek goʻzal boʻlsin
Qogʻoz emas — taassurot yuboring.
Mehmonlar eslab qoladigan taklifnoma boʻlsin.
Koʻp soʻraladigan savollar
01 Taklifchi nima?
Taklifchi — onlayn taklifnomalar: toʻy, tugʻilgan kun, yubiley va boshqa tadbirlar uchun. Qogʻoz oʻrniga mehmonlaringizga havola yuborasiz: taklifnoma telefonda ochiladi, ochilish animatsiyasi, musiqa va tadbir haqidagi barcha maʼlumotlar bilan.
02 Mehmonlar uni qanday ochadi?
Oddiy havola orqali — Telegram, WhatsApp yoki SMSda. Hech qanday ilova oʻrnatish shart emas, taklifnoma telefon brauzerida darhol ochiladi.
03 Taklifnomada nimalar boʻladi?
Kelin-kuyovning ismlari, sana va vaqt, xaritadagi manzil, toʻy dasturi va musiqa. Mehmonlar kelish-kelmasligini Telegram orqali bildira oladi.
04 Qanday buyurtma beraman?
Telegram orqali yozing. Uslubni birga tanlaymiz, siz ismlar, sana va manzilni yuborasiz — qolganini oʻzimiz tayyorlaymiz.